Jamiyat | 01:13 / 19.07.2016
9214
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaotalik terrorchi politsiyachiga hujum qilishdan oldin o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirgani ma'lum qilindi

Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Kalmuxanbet Kasimov Olmaotada politsiyachilarga hujum qilishda gumonlanuvchi so‘roq vaqtida jinoyatga huquq-tartibot muassasalari xodimlaridan o‘ch olish niyatida borganligini aytdi, deb ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.     

"Hozir u so‘roq vaqtida jazoni o‘tash yillari davomida g‘azabini ichiga yutib yurganini aytmoqda. U hibsga olinishini bilib politsiya xodimlaridan o‘ch olishga qaror qilgan", deb aytdi Kasimov.

Vazir ikki marotaba sudlangan terrorchi hujum qilishidan oldingi kechada o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirganini ma'lum qildi.    

18 iyulda ertalab Olmaotada Almali tuman politsiya bo‘limi va milliy xavfsizlik qo‘mitasining mahalliy departamenti binosiga hujum uyushtirilgandi.