20:10 / 19.07.2016
7866

Qurollangan shaxs Fransiya janubida mehmonxonani garovga oldi

Fransiya janubidagi mehmonxonalardan biriga o‘qotar qurol bilan qurollangan shaxs bostirib kirgan. Bu haqda ledauphine.com portali xabar tarqatdi.

Bu noma'dum shaxs mahalliy vaqt bilan soat 13:45da Voklyuz departamentida joylashgan Bollen aholi yashash punktidagi «Formula-1» tarmog‘iga qarashli mehmonxonaga hujum uyushtirib, uning ichida barrikada qilgan. 

Voqea joyiga jandarmeriya xodimlari yetib kelgan va binodagilar shoshilinch ravishda evakuatsiya qilingan.

Ayni paytda muassasa politsiya halqasi tomonidan o‘rab olingan, jinoyatchi mehmonxona ichida qolmoqda.

Bu shaxsni jinoyatga undagan sabablar va u qo‘ygan talablar hozircha ma'lum emas.

Top