Jahon | 01:37 / 19.07.2016
7449
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya harbiy-havo kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni O‘zturk to‘ntaruvga urinishda ishtirok etganini rad etmoqda

Turkiya harbiy-havo kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Akin O‘zturk mamlakatdagi to‘ntaruvga urinishda ishtirok etmaganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Mahalliy OAV, shu jumladan NTV telekanali O‘ztyurkning ayblovlarga qarshi aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi.

"Men 15 iyuldagi to‘ntaruvga urinishni rejalashtirgan yoki uni boshqargan odam emasman. Men buni kim qilganini bilmayman", deb aytdi O‘zturk.

Bu orada Anadolu turk davlat axborot agentligi O‘zturk to‘ntaruvga urinishni tashkillashtirganini tan olganini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish