Jamiyat | 10:46 / 19.07.2016
5109
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada politsiyachilar 1 kunlik ish haqlarini terakt qurboni bo‘lgan hamkasblarining oila a'zolari uchun ajratishadi

Olmaota politsiyachilari 1 kunlik ish haqlarini 18 iyul kungi terakt qurbonlari bo‘lgan hamkasblarining oila a'zolari uchun ajratishadi. Bu haqda Olmaota ichki ishlar departamenti xizmatiga asoslanib «Interfaks» agentligi xabar tarqatgan.

Shuningdek, Ostona ichki ishlar departamenti rahbariyati vakillari ham 1 kunlik ish haqlarini qurbon bo‘lgan politsiya kapitani Baurjan Nurmaxanbetov, politsiya kichik serjanti Maksat Salimbayev va  politsiya praporshchiki Ayan Galiyevning oila a'zolari uchun ajratishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish