Opera brauzeri xitoyliklarga 600 million dollarga sotib yuborildi
Norvegiyaning Opera Software kompaniyasi o‘z brendini Xitoyning konsorsiumiga sotib yubordi. Sotilgan mahsulotlarga brauzerning mobil va kompyuter versiyalari, shuningdek, samaradorlikni oshirish va xavfsizlikni ta'minlash ilovasi kirgan. Sotib olganlar Qihoo 360 antivirus ishlab chiqaruvchilari guruhi hisoblanadi. ular brauzerni 600 million dollarga sotib yuborishgan.
Opera’ning ilk baholanishi 1,2 mlrd dollar deyilgan. Fevral oyida mazkur xaridorlar tomonidan tuzilgan shartnoma organlar tomonidan bildirilgan e'tirozlar sabab amalga oshmay qolgan edi. Yangi shartnomaga ko‘ra, Qihoo 360 va uning hamkorlari (Kunlun Tech, Qifei va boshqalar.) Opera’ning muhim bizneslariga egalik qilishadi. Bularga Opera Apps & Games va Opera TV kirmaydi.
Endi kompaniyada yangi nom topish uchun 18 oy vaqt bor.