Jamiyat | 20:49 / 20.07.2016
9373
1 daqiqa o‘qiladi

Chumolilar dehqonchilik bilan shug‘ullanishni 60 million yil avval boshlagan

Bundan 60-65 million yil ilgari ‑ dinozavrlar yer yuzidan qirilib ketgan vaqtda chumolilar terimchilikni to‘xtatib, dehqonchilik qilishni boshlashgan. Bu haqda Nature Communications xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, Janubiy Amerikada yashagan chumolilarning ilk mahsulotlari oqsilga boy qo‘ziqorinlar bo‘lgan. Odamzot esa «atigi» 10 ming yil avval dehqonchilikni boshlagan. Chumolilarning odamzot uchun ko‘plab o‘simliklarni «xonakilashtirgani» tadqiqot davomida alohida ta'kidlangan.