Jahon | 23:13 / 20.07.2016
6495
1 daqiqa o‘qiladi

Yerevanda politsiya binosida garovda ushlab turilgan 5 kishi ozod qilindi

Google image

Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati Yerevandagi nazorat-post bo‘limidan 5 nafar garovga olingan kishini ozod qildi.

"Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati qurollangan hujum, politsiya xizmatining nazorat-post polki hududini bosib olish bilan bog‘liq holda 17 iyul ertalabdan bugungacha amalga oshirilayotgan aksilterrorchilik operatsiyasi davomida garovda ushlab turilgan 5 kishini ozod qildi", deyilmoqda rasmiy xabarda.   

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda asirda qolayotgan odamlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib brilmoqda.