Sport | 19:10 / 20.07.2016
15653
1 daqiqa o‘qiladi

Yovetich raqib futbolchilarini masxara qilib gol urdi

Milanning «Inter» jamoasi MLS chempionati vakili bo‘lgan «Real Solt-Leyk» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. O‘yin davomida mag‘lub bo‘lib turgan milanliklar Danilo D’Ambrozioning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Chernogoriyalik hujumchi Stevan Yovetich esa kamdan-kam uchraydigan uslubda gol urib, g‘alaba keltirdi.

U bu vaziyatda raqib jarima maydoni ichida 2 himoyachi va darvozabon qurshovida turgan holda to‘pni tovoni bilan raqib darvozasiga yo‘naltirdi.

Yuta shtatining Sendi shahrida kechgan o‘yinda hisobni ochuvchi golga amerikalik Jordan Allen mualliflik qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish