«Manchester Siti» «MYu»ga o‘tish kutilayotgan 17 yoshli futbolchi uchun kurashga qo‘shildi
«Manchester Siti» «Vest Hem»ga 17 yoshli yarim himoyachi, Anglii U-19 terma jamoasi a'zosi Ris Oksford transferi borasida rasmiy so‘rov yuborgan.
Bundan oldinroq Ris londonliklar jamoasi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgandi.
Telegraph xabariga ko‘ra, Pep Gvardiola uni o‘z jamoasi tarkibiga jalb qilmoqchi. Futbolchi uchun 10 million funt taklif qilinishi kutilmoqda.
Qayd etish kerakki, «Manchester Yunayted» jamoasi ham bu futbolchi uchun qiziqish bildirib keladi va uning uchun 10 million funt to‘lashga tayyorligini bildirgan.
Mino Rayola Pol Pogba «Yuventus» bilan yangi shartnoma tuzishi mumkinligi haqida ma'lum qilganidan keyin Oksford «MYu»ning asosiy nishoniga aylangandi.
Oksford o‘tgan mavsumda Yevropa Ligasida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘lgandi. U o‘tgan mavsumda jamoasi bilan barcha turnirlarda jami 12 uchrashuvda o‘ynadi.
Manba: Tribuna.uz