Jamiyat | 12:43 / 20.07.2016
4065
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Noma'lum kimsalar Bruklinda politsiyaga qarata o‘t ochishdi va voqea joyidan yashirinishdi

Noma'lum kimsa Nyu-Yorkning Bruklin tumanida politsiyaga qarata o‘t ochdi. Bu haqda ABC telekompaniyasi xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan 23:00 da (Toshkent vaqti bilan 08:00) ro‘y bergan. Jinoyatchilar qora tonirovka qilingan avtomobillarda kelib, ko‘chada patrullik qilib yurgan politsiyaga qarata o‘t ochgan va voqea joyidan yashiringan. ABC xabariga ko‘ra, buning oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Keyinroq voqea joyidan bir necha kvartal uzoqlikda avtomobilni aniqlashgan. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, otishma vaqtida avtomobil salonida to‘rt nafar qora tanli erkak bo‘lgan. Ulardan hech biri qo‘lga olinmagan.