12:50 / 20.07.2016
5466

Pogbaning transferi bo‘yicha muzokara boshlandi

«Manchester Yunayted» «Yuventus» bilan Pol Pogbaning transferi bo‘yicha muzokaralar boshlagan. Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, klublar vakillari uchrashib uning transferi xususida gaplashishgan.

Bundan oldinroq manchesterliklar 101 mln yevrolik taklif yuborgani, biroq bu taklif rad etilgani haqida xabar berilgandi.

Uchrashuvda fransuz futbolchisining agenti Mino Rayola ham hozir bo‘lgan. «Yuventus» yarim himoyachisi uchun 120 mln yevro talab qilmoqda. Agar bu transfer amalga oshsa, Pol futbol tarixidagi eng qimmatbaho transferga aylanishi mumkin. Ayni vaqtda bu maqom Garet Beylga tegishli. U «Real»ga 101 mln yevro evaziga o‘tgandi.

Qayd etish kerakki, Pogba 2012 yilgacha «MYu» futbolchisi bo‘lgan va keyin erkin agent sifatida jamoani tark etgan. Ayni vaqtda «Manchester Yunayted»dan tashqari bu futbolchiga«Real» tomonidan ham qiziqish saqlanib turibdi.

O‘tgan mavsumda Pogba «Yuventus» tarkibida 49 o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urdi va 16ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek 12 marta sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

Manba: Tribuna.uz

Top