Jahon | 07:19 / 20.07.2016
9102
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp AQSh prezident lavozimiga rasmiy nomzod bo‘ldi
Milliarder Donald Tramp AQSh prezident lavozimiga rasmiy nomzod bo‘ldi.
CNN telekanalining xabar berishicha, Klivlend shahrida o‘tgan Respublikachilar partiyasining milliy qurultoyida Alabama shtatidan kichik senator Jyefferson Boregard Seshns III 8 noyabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga Trampning nomzodini rasman taklif qildi. Shundan keyin birma-bir ovoz berish boshlandi.
Ovoz berish natijasiga ko‘ra, Tramp kerakli ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Bungacha ko‘pchilik Trampga qarshi "partiyada bosh ko‘tarilishini" kutib, uning nomzodi o‘tishiga shubha qilayotgandi.
Tramp Oq uyning yangi egasi bo‘lish uchun demokratlar vakili Xillari Klinton bilan kurashishiga to‘g‘ri keladi.