Jahon | 23:54 / 20.07.2016
8462
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning o‘g‘li prezident bo‘lish istaklari bilan o‘rtoqlashdi

Google image

AQShlik milliarder Donald Trampning o‘g‘li otasining izidan borib, siyosat bilan shug‘ullanishi va AQSh prezidenti lavozimi uchun kurash olib borishi mumkinligini aytdi. Bu haqda 38 yoshli tadbirkor Kichik Donald Tramp The Wall Street Journal gazetasiga ma'lum qildi. 

"Ehtimol, mening farzandlarim maktabni bitirishgach, men siyosat haqida o‘ylab ko‘raman", deb aytdi Trampning o‘g‘li.

Trampning o‘g‘li Vashingtondagi ortiqcha siyosatchilardan voz kechishni istashini aytib o‘tdi. "Agar prezident bo‘lsam, men ba'zi tekinxo‘rlardan voz kechishni istardim", deb aytdi kichik Tramp.   

U, shuningdek, Indiana shtati gubernatori, AQSh vitse-prezidentiga nomzod Maykl Pensni jizzaki otasiga "qarama-qarshi fe'ldagi" shaxs ekanligini aytdi. U Pens "juda salobatli odam ekanligini" ta'kidlab, biroq "bizga ikkita Donald Tramp kerak emas" deb aytdi.