Jahon | 21:48 / 20.07.2016
6408
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada ta'lim vazirligining yana 6,5 ming xodimi o‘z ishidan chetlatildi

Foto: © RIA

Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin ta'lim vazirligining yana 6538 xodimi o‘z ishidan chetlatildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Ma'lum qilinishicha, ularning Fathulla Gyulen bilan aloqadorligi borligi tergov qilinmoqchi.  

Avvalroq ta'lim vazirligining 15 mingdan ko‘proq xodimi o‘z ishidan chetlatilgani ma'lum qilingandi. Vazirlikning chetlatilgan xodimlarining umumiy soni 21 mingdan oshib ketdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish