17:43 / 20.07.2016
7728

O‘zbekistonlik yoshlar mustaqillikning 25 yilligi oldidan 25 metrli gazeta tayyorlashdi

Shu yilning 17-20 iyul kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Kamolot» yoshlar oromgohida Yosh jurnalistlar media-treninggi bo‘lib o‘tdi. 
Media-lager davomida O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan 150 nafar yoshlar yopilish marosimi kuni «Kamolot» YoIH markaziy kengashiga 25 metrli gazeta sovg‘a qilishdi. Mazkur gazeta qo‘l mehnati bilan ishlangan bo‘lib, undan O‘zbekiston erishgan yutuqlar haqida maqola va dil izhorlari o‘rin olgan. 

Eng muhimi gazeta tayyorlanishi jarayonida texnik vositalarning yordami kerak bo‘lmagan. Mazkur g‘oya dastlab trening ishtirokchisi Isfandiyor Burgutboyev, Ilyos Safarov va Ma'murjon Ergashev tomonidan ishlab chiqilgan va gazetani tayyorlashga media ishtirokchilari ko‘maklashgani ma'lum qilingan.

Top