Jamiyat | 16:34 / 21.07.2016
7427
6 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning birinchi yarmida 1000 ga yaqin fuqaroning buzilgan mehnat huquqlari qayta tiklandi

2016 yil 16 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining markaziy apparati, hududiy va tasarrufiy tashkilotlari rahbarlari ishtirokida, vazirlik tizimi faoliyatining I-yarim yillik yakunlari va joriy yilda ustuvor vazifalari bo‘yicha Hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.   

Majlisda Mehnat vaziri A.Abduhakimov Mehnat vazirligi faoliyatining 2016 yil I-yarim yillik yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan ko‘rsatkichlarni so‘zsiz bajarilishini ta'minlash choralariga asosiy e'tiborni qaratdi. Shuningdek  hay'at majlisida I-yarim yillikda band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish, kasbga o‘qitish masalalari bo‘yicha olib borilgan ishlar xususida hisobot tinglandi. 

Jumladan, 2016 yil yanvar-iyun oylarida 193 ta tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat etgan 124,6 ming nafar fuqarolarning ishga joylashtirilishiga ko‘maklashildi.  Hisobot davrida ish qidirayotgan fuqarolar uchun maqbul keladigan ishni qidirish muddatini qisqartirish maqsadida 692 ta bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, ularda 32,0 mingta ish beruvchi vakillari va 114,8 ming nafar ish qidirayotgan fuqarolar ishtirok etishdi. Yarmarkalar natijasiga ko‘ra 31,9 ming nafar shaxslar ishga yo‘llanma olishdi, 80 ming nafardan ortiq faol ish qidirayotganlarga mehnat, bandlik va huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berildi.  

Mehnat bozorida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari bandligini taminlash uchun mahalliy hokimliklar bilan birgalikda band qilingan (kvota) ish o‘rinlariga 36,8 ming nafar fuqaro joylashtirildi. Shu bilan birga 3,5 ming nafar ishsiz fuqaro tikuvchilik, to‘quvchilik, elektrik, payvandchilik, bo‘yoqchilik, suvoqchilik, kompyuter texnikasi operatori va boshqa shu kabi mehnat bozorida talab qilinayotgan kasblar bo‘yicha o‘qitildi, 815 nafar ishsiz “Usto-shogird” usulida milliy hunarmandchilikning gilam to‘qish, ganchkorlik, teridan, daraxtdan va temirdan badiiy mahsulotlar tayyorlash, milliy qandolatchilik va boshqa turlari kasblar bo‘yicha o‘qitildi va o‘rgatildi, 4,9 ming nafar ishsiz fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. 

Hay'atda ish o‘rinlarini tashkil etish dasturlari ijrosiga alohida e'tibor qaratildi. 2016 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturining maqsadli parametrlarini so‘zsiz bajarish yuzasidan muvofiqlashtirilgan ishlarni tashkil etish bo‘yicha doimiy ishlovchi hududiy komissiyalar tomonidan taqdim qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarida barcha sohalarda respublika bo‘yicha 462,5 mingta ish o‘rinlari yaratildi ularning 59,8 foiz qishloq hududlariga to‘g‘ri keladi.  Davlat mehnat huquq inspeksiyasining 2016 yil bir yarim yillikdagi faoliyati to‘g‘risida, inspeksiya boshlig‘i xisobot berdi. Unga ko‘ra, inspeksiya tomonidan 2016 yil bir yarim yillik davomida mazkur tasdiqlangan reja asosida, huquq tartibot idoralari bilan hamkorlik doirasida jami 3,2 mingdan ortiq tekshirish va nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Aniqlangan holatlar bo‘yicha ish beruvchilarga nisbatan mehnat huquqlari 1,6 mingdan ortiq bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilgan, 2,2 mingdan ortiq mansabdor shaxslarga ma'muriy jarimalar qo‘llangan.

Shu bilan birga, jismoniy va yuridik shaxslarga aloqador 2,4 mingta ariza va shikoyatlar ko‘rib chiqilgan, jumladan, ish haqini o‘z vaqtida to‘lanmasligi bo‘yicha 804 ta, mehnat qonunchiligiga zid ravishda mehnat shartnomasini bekor qilish masalasida – 583 ta, mehnat daftarchalarini yuritilishi bo‘yicha 204 ta, ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan kafolatlar bo‘yicha 77 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib, ish beruvchi – mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli ta'sir choralar qo‘llash orqali 1000 ga yaqin fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Yig‘ilishda Davlat mehnat texnika inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlari tomonidan 1-chi yarim yillikda o‘tkazilgan tekshiruvlar va soxadagi faoliyat yuzasidan xisobot berildi. Jumladan, ushbu davrda tasdiqlangan rejaga binoan xududiy mehnat Bosh boshqarmalari tomonidan 311 tekshirishlar o‘tkazildi. Ularda mehnat muhofazasi qonunchiligi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik xolatlari bo‘yicha jami  15750 ta kamchiliklar aniqlangan bo‘lib, 13294 tasi (84,4 foiz) bartaraf etilganligi haqida korxonalardan ma'lumotlar olingan. 

Tekshirishlarda Davlat mehnat texnik inspektorlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish qoida va me'yorlariga amal qilinmaganligi uchun 1128 nafar mansabdor shaxslarga ma'muriy jarimalar qo‘llanilgan.   Baxtsiz hodisalar yuzasidan o‘tkazilgan 193 ta maxsus tekshirishdan 175ta korxona va tashkilotning (90,6%) mansabdor shaxslarga nisbatan 132 mln so‘m miqdorida ma'muriy jarima solingan. Majlisda vazirlik tizimida ish yuritish, ijro intizomi nazoratini tashkil etish va kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida axborot berildi. Hay'at majlisida kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar bo‘yicha muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.