Britan atom suv osti kemasi Gibraltar qirg‘oqlarida savdo kemasi bilan to‘qnashib ketdi
Yangi atom suv osti kemasi HMS Ambush Gibraltar qirg‘oqlari yaqinida savdo kemasi bilan to‘qnashib ketdi, deyilmoqda Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi bergan xabarda.
"Taxminan, soat 13.30da Astute sinfidagi HMS Ambush suv osti kemasi suv ostiga cho‘kish va o‘quv manyovrlarini bajarishda Gibraltar qirg‘oqlari yaqinida savdo kemasi bilan to‘qnashib ketdi. Biz savdo kemasi bilan aloqa qilib turibmiz, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, unga ziyon yetmagan", deyildi vazirlikda.
Mudofaa vazirligida suv osti kemasiga tashqi shikastlar yetgani, biroq yadroviy kuch qurilmasi va ekipajga shikast yetmagani aytildi.
Ta'kidlanishicha, voqea tergov qilina boshlangan.
HMS Ambush suv osti kemasi qurilishi 2003 yilda boshlangan, 2013 yilda u Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuchlari safiga o‘tkazilgan. Kema 7400 tonna suv sig‘imiga ega va 38 ta torpedo va raketa olib yurishi mumkin.