Jamiyat | 15:43 / 21.07.2016
10263
2 daqiqa o‘qiladi

Forbes jurnali Rossiyaning taniqli shaxslari reytingini tuzib chiqdi

Forbes jurnalining Rossiyadagi shaxobchasi mamlakatning 2015/2016 yillardagi mashhur kishilarining ishlab topgan daromadi, OAVlari va internet foydalanuvchilarining e'tiboriga ko‘ra ro‘yxatini tuzib chiqdi. 

Ro‘yxatni bu safar ham bir yilda 21,9 mln dollar daromad ko‘rgan mashhur tennischi Mariya Sharapova boshqarib turibdi. Uning ismi OAVda 12,5 ming martadan ko‘p bora yodga olingan. Internet foydalanuvchilari "Yandeks" qidiruv xizmatiga 880 ming martaga yaqin uning ismi sharifini kiritgan. Aytish joizki, Sharapova to‘qqizinchi marotaba Forbes jurnalining rossiyalik yulduzlari ro‘yxatini boshqarmoqda. U, ikki marta – 2011 va 2012 yillarda ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan, xolos. Ikkala holatda ham uni qo‘shiqchi Stas Mixaylov ortda qoldirgandi.

Ikkinchi o‘ringa qo‘shiqchi Grigoriy Leps 9 mln dollarlik daromadi bilan joylashtirilgan. Biroq, uni ro‘yxatdagilar orasida internetda eng ko‘p – 10 mln martadan ko‘p qidirishgan. 

Uchinchi o‘rinni Sergey Shnurov egallagan. Uning daromadi 11 mln dollarni tashkil etgan, OAVda 3,4 ming marta yodga olingan, internetda 6 mln martadan ko‘p marta qidirilgan. Forbes rossiyalik yulduzlar ro‘yxatining top o‘nligiga shuningdek, Filipp Kirkorov (7,6 mln dollar), Aleksandr Ovechkin  (12,1 mln dollar), Natalya Vodyanova (7 mln), Sergey Lazarev (1,3 mln), Yegor Krid (3,6 mln), Zemfira (6 mln) va Yevgeniy Malkin (9,9 mln dollar) kiritilgan.