Fan-texnika | 18:52 / 21.07.2016
17016
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyliklar AQShga noroziliklarini ifodasi tariqasida iPhone’larini ommaviy sindirishmoqda
Haaga sudi Janubiy Xitoy dengizidagi orol Filippinga qarashli ekanligi haqida qaror chiqargach, Xitoyda AQShga qarshi ommaviy aksiyalar boshlanib ketdi. Bu haqda Mashable yozmoqda.
Amerika kompaniyalariga boykot AQSh ushbu bahsda Filippinni qo‘llab-quvvatlagach boshlanib ketdi. Apple va KFC’ga yosh xitoyliklar Amerika ramzi sifatida qarashadi.
Weibo ijtimoiy tarmog‘i (Twitter xizmatining xitoycha muqobili) foydalanuvchilari o‘zlarining ayfonlarini sindirgan suratlarini tarmoqqa joylashtira boshlashdi. “Agar siz bunday qilmagan bo‘lsangiz, demak xitoylikmassiz!”,deb yozishmoqda ular.
Norozilik aksiyalari, shuningdek, KFC restoranlarida ham o‘tkazilmoqda. Xitoyliklar qo‘llarida yozuv ko‘tarib olgancha, restoran ko‘chalarida turib olishgan.