LA Times: Tramp AQSh prezidenti etib saylansa, harbiy to‘ntaruv bo‘lishi ehtimoli mavjud
Los Angeles Times gazetasi agar respublikachi Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylansa, harbiy to‘ntaruv bo‘lishi ehtimoli mavjudligi haqida izoh yozdi.
"Turkiyada yaqinda amalga oshirilgan muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntaruviga urinishga ekzotik tashqi siyosiy tarix sifatida qarayotganlar biroz tin olib, agar Donald Tramp g‘alaba qilib, prezident bo‘lsa, bunday barqarorsizlik istiqboli bizning davlatda ham bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishlari kerak", deb yozmoqda konservativ maqolachi Jyeyms Kirchik.
"Tramp bizning harbiylarga biror ahmoqona, noqonuniy yoki aqlga sig‘maydigan ishni qilishni buyuradigan vaziyatni tasavvur qilib ko‘ring. Bu vaziyatda Konstitutsiyaga amal qilish va qo‘mondonlikning fuqarolik zanjiriga bo‘ysunishga qasamyod qiladigan harbiylarimiz qonunga amal qilish yoki qonunni hurmat qilmasligini ochiqcha ifodalaydigan odamning istagini bajarish o‘rtasida tanlashlariga to‘g‘ri kelardi. Ular bemalol birinchisini tanlashlari ham mumkin", deb aytmoqda Kirkich.
AQShda respublikachilar, ayniqsa konservativ kayfiyatdagilari, Trampning raqibi demokrat Xillari Klinton qonunga bepisandlik munosabatda bo‘layotganligiga ishonchlari komil. Bu fikr hozir Klivlenddagi Respublikachilar partiyasi qurultoyidagi nutqlarda muntazam yangramoqda. Biroq Kirchikning fikricha, aynan Klintonga "yadroviy kodlarni qo‘rqmasdan ishonish" mumkin. Kirkich maqolasining so‘nggida Trampni "harbiylardan oldin, saylovchilar to‘xtatishlari kerakligini" aytib o‘tdi.