Jahon | 23:56 / 21.07.2016
9641
2 daqiqa o‘qiladi

Misr tashqi ishlar vazirligi: Erdo‘g‘an idrokni yo‘qotishi Turkiyani hozirgi ahvolga soldi

Foto: © RIA

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan idrokning yo‘qotilishi Turkiya hozirda tushib qolgan murakkab vaziyat sababi bo‘ldi. Bunday tasdiq bilan Misr tashqi ishlar vaziri Ahmad Abu Zayd chiqdi.

"Erdo‘g‘an dalillarni soxtalashtirishda davom etmoqda, uning idrokni yo‘qotishi Turkiya hozirda boshdan kechirayotgan murakkab vaziyatlarda aksini topdi", deb hisoblamoqda Abu Zayd.   

Abu Zayd bunday fikrni Erdo‘g‘an "Al-Jazira" telekanaliga bergan intervyusidan bir necha soatdan keyin bildirdi. Erdo‘g‘an bu intervyuda Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiyni "fitnachi" deb atagan. Erdo‘g‘anning aytishicha, "as-Sisiy harbiy to‘ntaruv bilan qonuniy saylangan davlat rahbari Muhammad Mursiyni hokimiyatdan chetlatgan fitnachidir".  

Abu Zayd Erdo‘g‘anning bunday gaplariga izoh berib, unga "Mursiyning chetlatishiga olib kelgan xalq inqilobini harbiy to‘ntaruv bilan adashtirmaslikni" tavsiya qildi. 

Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga urinishidan bir necha kun oldin Erdo‘g‘an yaqin orada Misr bilan qandaydir yaqinlashish imkoniyati borligiga shubha bildirgandi. Erdo‘g‘an o‘shanda Anqara "Misr xalqi bilan mojaroda emasligini, Misr bilan munosabatdagi barcha muammolar esa Qohiradagi amaldagi tuzum bilan bog‘liqligini" ta'kidlab o‘tgan.