Sport | 09:37 / 22.07.2016
4240
1 daqiqa o‘qiladi

Anchelotti Lamni kechikkan futbolchilarga qo‘llangan jarima pullarini yig‘uvchi etib tayinladi

«Bavariya» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoadagi tartib-intizomni kuchaytirish maqsadida mashg‘ulotga kechikib keladigan futbolchilar uchun jarima jazosini joriy qildi va bu jarimalarni yig‘ishga jamoa sardori Filipp Lamni mas'ul etib tayinladi.

«Agar futbolchi mashg‘ulotga kechiksa, sardorning ishi - unga bu uchun jarima to‘lashi kerakligini aytishdir.

Men o‘z futbolchilarini jazolashni xush ko‘radigan murabbiylar toifasidan emasman. Lekin men mashg‘ulotlarga kechikib keluvchi futbolchilarni yoqtiradigan murabbiy ham emasman.

Jamoada birinchi navbatda kuchli tartib-intizom bo‘lishi lozim. Shundan keyingina natija to‘g‘risida gapirish mumkin», degan Anchelotti.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish