18:41 / 22.07.2016
3867

Buxoro viloyatida Davlat dasturi ijrosiga 222 milliard so‘m va 3,5 million dollar miqdorida mablag‘ sarflandi

Buxoro viloyatida joriy yilning birinchi yarmida 36,7 ming yangi ish o‘rni yaratildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Birinchi yarim yillikda yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish 8,3, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 10,3, iste'mol tovarlari 13,8, qishloq xo‘jalik mahsulotlari 6,5, qurilish 12,4, chakana savdo aylanmasi 15,2, xizmatlar hajmi 15,1 foiz o‘sdi.

Jami kreditlarning 49 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirildi. Buning samarasida kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 59,5 foizni, sanoatda 47,2, qishloq xo‘jaligida 97,7, qurilishda 70,4  va  aholi bandligida 78,2 foizni tashkil etdi.

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosiga barcha manbalar hisobidan 222 milliard so‘m va 3,5 million dollar miqdorida mablag‘ sarflandi.

Yig‘ilishda mavjud kamchiliklar ham muhokama qilindi.  Mahalliylashtirish dasturi va hududiy eksport ko‘rsatkichlari belgilangan darajada ta'minlanmadi. Ayrim tumanlar birorta ham mahalliylashtirish loyihasiga ega emas. Kogon tumani, Buxoro va Kogon shaharlarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi pasaygan. Bu kabi holatlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Top