21:40 / 22.07.2016
15992

Myunxenda otishma. OAV 15 kishi halok bo‘lgani haqida xabar tarqatdi

Germaniyaning Myunxen shahridagi Olympia-Einkaufszentrum savdo markazida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda, CNN telekanali xabar tarqatdi.

Guvohlarning ta'kidlashicha, yer ostidagi yo‘lda va qahvaxonada o‘q ovozlari eshitilgan.

Turli axborot kanallarida 15 nafargacha qurbon borligi aytilmoqda, ammo politsiya vakili bu raqamni tasdiqlamadi. AFP va CNN bir kishi halok bo‘lgani, o‘n kishi yaralanganini bildirmoqda.

Politsiya savdo markazidagilarni evakuatsiya qilgan. Tafsilotlar o‘rganilmoqda.

Nemis politsiyasi OEZ savdo markazida maxsus amaliyot o‘tkazmoqda

Myunxendagi otishmadan keyin metroning bir qancha yo‘nalishlarida harakat to‘xtatildi

Myunxenning boshqa bir qismida ham o‘q ovozlari eshitildi

Myunxenlik merganning harakatlari tasvirlangan video paydo bo‘ldi

OAV Myunxen metrosida otishma ovozi eshitilgani haqida xabar tarqatdi

Myunxen politsiyasi shahar bo‘ylab "qo‘lga olish" amaliyoti o‘tkazmoqda, hujum ishtirokchilari soni noma'lum

Facebook Myunxendagi voqealardan so‘ng Safety Check xizmatini faollashtirdi

OAV: Myunxen otishma ijrochilaridan biri otib o‘ldirildi 
 

Top