Olland: Parij Londonga YeIdan chiqish uchun vaqt berishga tayyor
Parij Londonga Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi jarayoniga ma'lum vaqt berishga tayyor, biroq barcha tomonlarning manfaatlari yo‘lida bu jarayonni iloji boricha tezroq boshlash lozim. Bu haqda Fransiya prezidenti Fransua Olland Yelisey saroyida Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Mey bilan muzokaralar natijalariga ko‘ra e'lon qildi.
"Birlashgan Qirollik Yevropa Ittifoqidan chiqishga qaror qildi. Bu uning tanlovi, uning javobgarligi va biz bu qarorni hurmat qilamiz. Biz buning ortidan yaqin orada muzokara jarayoni boshlanishi uchun amaliy ishlar bo‘lishini istaymiz", deb aytdi Olland.
"Bu qanchalik tezroq yuz bersa, bu bizning umumiy, Yevropa va Buyuk Britaniya, manfaatimiz, iqtisodiyotlarimiz manfaati uchun shunchalik yaxshi", deb ta'kidlab o‘tdi Fransiya prezidenti.
Olland agar Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqandan keyin Umumevropa bozoriga kira olishni istasa, odamlarning o‘z chegaralaridan harakatlanish erkinligini daxlsiz saqlab qolishi lozim.
"Bu muzokaralarning asosiy bandidir. Bugunda Buyuk Britaniya umumiy bozorga kirishga ega, chunki 4 ta asosiy harakat erkinligiga amal qiladi. Agar ular bu bozor doirasida qolishni istashsa, ular tanlashlari kerak bo‘ladi", deb aytdi Olland.
Ollandning eslatishicha, bu harakat erkinliklariga "mahsulotlar, kapitallar, xizmatlar va odamlarning harakatlanish erkinliklari" kiradi.
Olland va Mey La-Mansh bo‘g‘ozining ikkala tomonidagi davlatlar o‘rtasidagi chegara tartibini tartibga soluvchi frank-britan kelishuvi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishidan keyin ham kuchda qolishi lozimligini aytdilar.
Mey Buyuk Britaniya YeIdan chiqqandan keyin ham Fransiya bilan ochiq va sermazmun hamkorlikning davom etishiga umid qilishini aytdi.