Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp tuzumlarni o‘zgartirish siyosatidan voz kechishga va'da berdi
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp "o‘zini oqlamagan" turli davlat tuzumlarini o‘zgartirish siyosatidan voz kechishga va'da berdi. Buning o‘rniga, uning fikricha, "Islom terrori"ni yo‘qotish zarur.
"Biz, Hillari Klinton Iroq, Liviya, Misr va Suriyada ilgari surgan, milliy davlat qurilishi va tuzumlarni o‘zgartirish siyosatidan, o‘zini oqlamagani uchun voz kechishimiz kerak. Buning o‘rniga biz, ittifoqchilarimiz bilan IShIDni yo‘q qilish borasida hamkorlikda ishlashimiz lozim", — deb bayonot bergan Tramp Respublikachilar partiyasi s'yezdida.