Jamiyat | 21:24 / 22.07.2016
7862
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada boshqaruvni yo‘qotgan avtomobil plyajdagi odamlar ustiga yurib ketdi

Turkiyaning Kushodas shahrida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Asosiy yo‘ldan chiqib ketgan va boshqaruvni yo‘qotgan yengil mashina sohilda dam olayotgan odamlarning ustiga yurib ketgan. Bu haqda Haberler xabar tarqatdi

Oqibatda bir kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar orasida ikki yoshli bola ham bor. Turkiya politsiyasi voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish