Jahon | 22:29 / 23.07.2016
6388
1 daqiqa o‘qiladi
Dmitriy Medvedevning twitter'dagi o‘quvchilari soni 5 millionga yetdi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning twitter ijtimoiy tarmog‘idagi o‘quvchilari soni 5 millionga yetdi. Shu munosabat bilan Medvedev o‘quvchilariga bag‘ishlab tvit yozdi.
«Siz 5 011 584 kishiga yetdingiz. Barchangizga sog‘lik va yaxshi kayfiyat tilayman»,- deb yozadi Medvedev mikroblogida.
Rossiyaning sobiq prezidenti va amaldagi bosh vaziri Dmitriy Medvedev 2010 yildan buyon twitter'dan foydalanib keladi.