Jahon | 11:35 / 23.07.2016
6174
1 daqiqa o‘qiladi

XXRda yoqqan surunkali yomg‘irlar 26 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: CCTVN

Shu haftada Xitoyning Xebey viloyati shimoliga yopirilgan kuchli yomg‘irlar tufayli kamida 26 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi. Yana 34 odam bedarak yo‘qolgan. 

Mahalliy hokimiyat xavfli hududlardan 38,7 ming kishini ko‘chirgan. Ayrim tumanlarda elektr ta'minoti va aloqa bilan uzilishlar kuzatilmoqda. Yo‘llar to‘silib qolgan. Tszinsin uyezdida 19 soat ichida 545,4 mm yomg‘ir yoqqan. Bu 2015 yil davomida yoqqan yog‘in miqdoridan ko‘pdir.

Avval xabar berilganidek, Xebeyda 47,7 mingta uy qisman vayron bo‘lgan. 354,6 ming gektar yer maydoni suv ostida qolgan. Tabiiy ofatning mintaqaga yetkazgan bevosita iqtisodiy zarari 4,75 mlrd yuan (711 mln AQSh dollari)dan oshib ketgan.