Jahon | 16:14 / 23.07.2016
3492
1 daqiqa o‘qiladi
Hindiston TIV Afg‘onistonda o‘g‘irlab ketilgan fuqarosi ozod etilganini ma'lum qildi
Hindiston TIV rahbari Sushma Svaraj yarim oy oldin Afg‘onistonda o‘g‘irlab ketilgan mamlakat fuqarosining ozod etilgani haqida ma'lum qildi.
"Men Judit D'Souza ozod etilganini xabar berishdan mamnunman. Qutqaruv va qo‘llab-quvvatlash uchun senga tashakkur Afg‘oniston", — deb yozgan u tvitterdagi o‘z sahifasida.
D'Souza 40 yoshli ayol bo‘lib, Kalkuttada yashagan. U 9 iyun kuni Qobulda o‘g‘irlab ketilgan edi. Ayol Aga Khan Development Network notijort tashkilotining xodimi hisoblanadi. u Afg‘onistonda ta'limni rivojlantirishga xizmat qiladi.