Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Myunxen politsiyasiga yordam berish uchun otishma haqidagi xabarlarga kuchuk va mushuklar suratlarini ilova qilmoqdalar
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Myunxendagi otishmadan keyin politsiyaning shaharda jinoyatchilarni qo‘lga olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan operatsiya davomidagi video va fotomateriallarni chop etmaslik iltimosiga ko‘ra, otishma haqidagi xabarlarga kuchuk va mushuklar suratlarini ilova qilmoqdalar.
Avvalroq politsiya foydalanuvchilardan jinoyatchilarni qidirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilayotgani aks etgan video va fotosuratlarni internetda chop etmaslikni iltimos qilgandi. Politsiya fikricha, bu jinoyatchilarga qochib ketishga yordam berishi mumkin edi.
"Iltimos, politsiyachilarning otishma joyidagi harakatlaridan hech qanday video/foto chop etmang. Jinoyatchilarni qo‘llab-quvvatlamang", deyildi Myunxen politsiyasi tvitterida.
Shundan keyin foydalanuvchilar o‘z xabarlariga kuchuk va mushuklar suratlarini ilova qila boshladilar.
"Mushuklar adovatga qarshi! Politsiya operatsiyasi fotosuratlarini joylashtirmang, bu jinoyatchilarga yordam berishi mumkin", deb ma'lum qildi foydalanuvchilardan biri tvitterda.
"Suratda politsiyachilar ish vaqtida emas, balki mushuklar", deb ta'kidlab o‘tdi yana bir foydalanuvchi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari otishma qurbonlari yaqinlariga hamdardlik bildirish uchun #prayformunich xeshtegidan foydalanmoqdalar.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatni 18 yoshli, eron millatiga mansub o‘smir sodir etgan. Uning jasadi otishma joyidan bir kilometrcha uzoqlikda topilgan. Politsiyaning ta'kidlashicha, u bir o‘zi harakat qilgan. O‘smir jinoyatni sodir etgach, o‘z joniga qasd qilgani ehtimol qilinmoqda.