22:52 / 23.07.2016
8381

OAV: EgyptAir samolyoti yong‘indan keyin havoda bo‘laklanib ketgan

Google image

EgyptAir aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyotining O‘rta Yer dengizida falokatga uchrashining tergov qilinishi davomida olingan ma'lumotlar samolyot uchuvchilar kabinasi yonida yoki ichida boshlangan yong‘indan keyin havoda bo‘laklanib ketganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda tergovga yaqin bo‘lgan misrlik manbalarga iqtibos keltirgan holda The New York Times gazetasi yozmoqda.    

Biroq, ta'kidlanishicha, yong‘in mexanik nosozlik yoki yovuz niyat oqibati hisoblanishi noma'lumligicha qolmoqda. 

Nashrning ta'kidlashicha, xulosalar qora qutilar hamda uchuvchilar kabinasidagi diktofondan olingan yozuvlarni o‘rganish davomida olingan ma'lumotlar asosida qilingan.   

Avvalroq samolyot qora qutisi samolyot bortida yong‘in yuz bergani haqidagi eslatmani qayd qilgani ma'lum qilingandi.  

A320 samolyoti 2016 yil 19 may kuni O‘rta Yer dengizida Parijdan Qohiraga parvoz qilayotganda radarlardan yo‘qolib qolgandi. Samolyot bortida 66 kishi bo‘lgan.

Top