Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 06:54 / 23.07.2016
4119
1 daqiqa o‘qiladi
Obama: AQSh va Turkiya IShIDga qarshi kurashni davom ettiradi
AQSh prezidenti Barak Obama Vashington Anqara bilan birga IShIDga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettiradi, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz Suriyada IShIDni zaiflashtirish borasida va bu dahshatli ixtilofning yechimlarini topishda erishganlarimizni boy bermaslik uchun Turkiya bilan hamkorlikni davom ettiramiz", deb aytdi Obama.
Avvalroq Pentagon rasmiy vakili Piter Kuk AQSh boshchiligidagi koalitsiya Turkiya hududidan IShIDga qarshi operatsiyalarni qayta boshlaganini ma'lum qilgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish