12:31 / 24.07.2016
4594

Bag‘dodda navbatdagi terakt oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida xavfsizlik xizmati postiga terrorchi-xudkush tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 2 nafari politsiyachi, 8 nafari tinch aholi vakili. Shuningdek, kamida 20 kishi jarohatlangan.

Associated Press xabariga ko‘ra, terrorchi Al-Kadximiya tumanida o‘zini portlatgan.

Top