15:45 / 24.07.2016
7282

Raneri «Lester»ni bo‘laklarga ajratishlariga qarshi

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri International Champions Cup turniri doirasidagi «Seltik»ka qarshi uchrashuvdan keyin (1:1, penaltilar bo‘yiach – 6:5) jamoa yarim himoyachisi Riyoz Mahrezning boshqa jamoaga ketib qolmasligiga ishonch bildirdi.

«Men bunga aminman. Albatta, biz boshqa jamoalar ham APLda g‘olib chiqishni istayotganini bilamiz. Biz chempionlikni himoya qilishimiz kerak.

Riyoz qanday quvonganini ko‘rganmisiz? U juda ko‘p mashg‘ulot o‘tkazmoqda. U biz bilan qoladi.

Mahrezni saqlab qolish juda muhim – u asosiy yulduzlarimizdan biri. Boshqa jamoalarda yulduz futbolchilar shundoq ham yetarli. U boshqa jamoaga o‘tsa, asosiy tarkib uchun kurashishiga to‘g‘ri keladi, balki zaxira o‘rindig‘iga mixlanar. 

Shuning uchun, u men bilan qolgani ma'qul», – degan Raneri Sky Sports nashriga.

Bundan oldinroq, Mahrez «Arsenal»ga  50 million yevro evaziga o‘tishi haqida xabar tarqalgandi. Mahrezga «Manchester Siti»dan ham qiziqish saqlanib qolmoqda.

Yozgi transferlar avvalida «Arsenal» o‘tgan mavsum chempionlarining asosiy hujumchisi Jyeymi Vardini transfer qilishga harakat qilib ko‘rdi. Transfer muvaffaqiyatli amalga oshishi arafasida Vardi jamoadoshlarining undovi bilan ketmaslikka qaror qildi.

Lekin «Lester»ning boshqa bir yetakchisi Kanteni olib qolishning iloji bo‘lmadi, u «Chelsi»ga o‘tib ketdi.

Manba: Tribuna.uz

Top