O‘zbekiston | 21:17 / 24.07.2016
14722
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatining 5ta tumaniga yangi IIB boshliqlari tayinlandi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Toshkent viloyatining beshta tumani ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliqlarni tayinladi. Bu haqda IIVning «Postda» nashri xabar qilgan.

Chinoz tumani IIBga podpolkovnik Shuhrat Temurov, Bekobod tumani IIBga podpolkovnik Ulug‘bek Jo‘rayev, Yuqorichirchiq IIBga podpolkovnik Avaz Muratov, O‘rtachirchiq tumani IIBga podpolkovnik Akmal Jalilov, Parkent tumani IIBga podpolkovnik Otabek G‘anibekov boshliq etib tayinlangan.