07:44 / 24.07.2016
26333

TTeSIda “Libos dizayni” yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Ijodiy imtihonlar o‘tkazildi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ta'lim jarayonini mazmunan boyitish, yuksak malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha “Libos dizayni” yo‘nalishi bo‘yicha Ijodiy imtixon o‘tkazildi. Ushbu yo‘nalishga 194 nafar abituriyentlardan arizalar kelib tushgan bo‘lib, belgilangan rejaga muvofiq bu yil eng yuqori ball to‘plagan 40 nafar yigit-qiz talabalik baxtiga muyassar bo‘lishadi. Eng yuqori ballar ijodiy imtihon natijalari va 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovi natijalariga qarab belgilanadi.

-  Mana, men ijodiy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib chiqdim. Liboslarning kostyum dizayni turiga juda qiziqaman, – deydi Maftunaxon Ikromova. – Biz uchun institutda barcha sharoitlar belgilangan bino va auditoriyalar kerakli jihoz va uskunalar, o‘quv vositalari bilan ta'minlangan. Mazkur institutda ijodiy imtihonlar belgilangan talab va qoidalarga to‘liq amal qilgan holda, tartibli, yuqori saviyada o‘tkazildi.

Top