Jamiyat | 16:12 / 24.07.2016
13475
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada olomon Gulenga aloqador kitob do‘konini vayron qilayotgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi

Turkiyaning Malatya shahrida Erdo‘g‘an tarafdorlari bo‘lgan olomon shahardagi kitob do‘konlaridan birini vayron qilayotgani tasvirlangan videolavha internetga joylashtirildi.

Videoda Gulenga aloqadorligi taxmin qilingan kitob do‘koniga bostirib kirgan kishilar xodimlarni kaltaklashgani, kitoblarni yerga uloqtirib, boshqa buzg‘unchiliklarni amalga oshirishganini ko‘rish mumkin.

Bundan oldinroq, Turkiyada Fathulla Gulen bilan aloqadorligi uchun 1669 xususiy maktab yopilishi haqida xabar berilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish