Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 20:36 / 24.07.2016
6462
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada to‘ntaruvdan keyin ishdan bo‘shatilgan o‘qituvchilar o‘rniga 20 ming o‘qituvchi ishga olinadi
Foto: © AP
Turkiya hukumati mamlakatdagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin ta'lim muassasalaridan bo‘shatilgan xodimlar o‘rniga 20 mingdan ko‘proq o‘qituvchini ishga qabul qiladi, deb xabar berdi Assoshieyted Press axborot agentligi.
Turkiya ta'lim vaziri Ismat Yilmazning aytishicha, yangi o‘qituvchilar to‘ntaruvdan keyin o‘z lavozimidan bo‘shatilgan ta'lim tizimining xodimlari va muxolif imom Fathulla Gulen bilan aloqadorlikda gumon qilingan xususiy maktab o‘qituvchilari o‘rnini egallaydilar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish