O‘zbekiston sharqida glyatsial sel toshqinlari kuzatilishi mumkin
23−27 iyul kunlari O‘zbekiston sharqida, Farg‘ona vodiysi daryolari bo‘yicha glyatsial (muzli) sel toshqinlari o‘tishi mumkin. O‘zgidromet markazining xabar qilishicha, bu harorat fonining yuqori bo‘lishi bilan bog‘liq.
Keyingi haftada O‘zbekistonda havo bir oz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat +37…+42 daraja atrofida bo‘ladi, janubiy va cho‘l hududlarida +42…+44 darajaga qadar ko‘tariladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13…+18, kunduzi 25−27 iyulda − +27…+32 daraja bo‘ladi.
25 iyulga o‘tar kechasi va 25 iyul kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.