18:42 / 25.07.2016
6013

Erdo‘g‘an Belarusda qurilgan jome masjid ochilishiga kelmaydigan bo‘ldi

Google image

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an belarus-turk biznes forumida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Shu sabab forum butunlayga bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Belarus savdo-sanoat palatasi vakili xabar bermoqda.

Biznes forum Erdo‘g‘an ishtirokida 29 iyul kuni Minskda o‘tishi rejalashtirilgan edi. 22 iyul kuni Turkiya prezidentining forumda ishtirok eta olmasligi ma'lum bo‘ldi.

Erdo‘g‘an Minskda qurilgan jome masjidi ochilishida ham ishtirok etishni rejalashtirgan edi. Ushbu tadbir ham qoldirilgan.

Top