11:03 / 25.07.2016
3750

Konta Uilyamsni yengib, WTA turkumidagi ilk tituliga ega bo‘ldi

Buyuk britaniyalik tennischi Yohanna Konta AQShning Stenford shahridagi turnirda (mukofot jamg‘armasi 753 mln dollar) g‘alaba qozondi. Bu uning WTA turkumida qo‘lga kiritgan ilk tituli hisoblanadi.

Turnirda 3-raqam bilan tasniflangan 25 yoshli Konta amerikalik tennischi Vinus Uilyamsni (1) 3 set natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi: 7:5, 5:7, 6:2.

O‘z navbatida, Uilyams o‘z mamlakatida o‘tgan bu turnirda faoliyatidagi 50-titulni yutish imkonidan mahrum bo‘ldi.

Top