11:51 / 25.07.2016
8121

Qoraqalpog‘iston Mustaqilligimizning 25 yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rmoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yillik tantanasiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Ushbu bayramni munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joylarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mustaqillik bayrami oldidan yangi maishiy xizmat ko‘rsatish obektlari, ta'lim va tibbiyot muassasalari kapital ta'mirlanib, foydalanishga topshirilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumanida ham bir qator obektlar kapital ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi. Sarabiy ovulidagi 100 o‘ringa mo‘ljallangan, zamonaviy jihozlangan tumanlararo tibbiyot maskani, Tozabog‘ ovulidagi qishloq vrachlik punkti, Bo‘ston ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kollejida qayta qurilgan o‘quv amaliyot ustaxonasi, tuman markazidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi to‘liq ta'mirlanib, zamonaviy jixozlangan kompyuter va ingliz tili xonalari bilan foydalanishga topshirildi. Shuningdek, mustaqillik bayrami arafasida tumanda 30dan ortiq obektlar qayta ta'mirlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

 

Top