Jahon | 20:49 / 25.07.2016
2926
1 daqiqa o‘qiladi

Madagaskardagi yong‘in oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi

Madagaskardagi aholi turar joylaridan birida chiqqan yong‘in tufayli kamida 38 kishi halok bo‘lgan. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlarning 16 nafari bolalar.

RIA Novosti agentligi ma'lumotiga ko‘ra, voqea mamlakatning markaziy qismidagi qishloqlardan birida ro‘y bergan. Yong‘in yangi ko‘chib kelganlar joylashgan uyda chiqqan.

"Uyda 39 kishi yashagan, ulardan 38 nafarining o‘limi tasdiqlandi. Shundan 16 nafari bolalar bo‘lgan", deya xabar qildi mahalliy politsiya boshlig‘i.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish