20:32 / 25.07.2016
3759

Turkish Airlines aviakompaniyasining 211 xodimi harbiy to‘ntarishdan so‘ng ishdan bo‘shatildi

Turkiyadagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng Turkish Airlines aviakompaniyasining 211 nafar xodimi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, ularning barchasi 24 iyul kuni ishdan bo‘shatilgan. Ishini yo‘qotganlar orasida kompaniya rahbariyati vakillari ham bor.

Qayd etilishicha, bu qisqartirishlar xodimlarning Turkiyadagi isyon uchun ayblangan Fathulloh Gulenga aloqadorligi gumoni bilan amalga oshirilgan.

Kompaniya bayonotida "samarasiz faoliyat" tufayli xodimlarning bir qismi ishdan bo‘shatilgani aytilgan.

Bundan oldinroq, Turkiya hukumati Gulen bilan aloqadorligi aniqlangan mamlakatdagi barcha kompaniya yopilishi haqida qaror qilgani haqida xabar berilgandi.

Top