Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlindagi klinikaga bostirib kirgan noma'lum shaxs shifokorni otib tashladi
Germaniya poytaxti Berlin shahridagi klinikalardan birida noma'lum kimsa shifokorga qarata o‘q uzib, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy manbalarga asoslanib xabar bergan.
Bu hodisa shaharning Shteglits tumanida joylashgan Benjamin Franklin nomidagi shifoxonada ro‘y bergan.
Hujum qiluvchining shaxsi va uni jinoyatga undagan sabab hozircha aniqlanmagan.
Nashrning xabar berishicha, shifokor olingan og‘ir jarohatlar tufayli jon bergan.
Qayd etish kerakki, bu Germaniyada keyingi hafta davomida beshinchi marta tinch aholi vakillariga hujum uyushtirilishi bo‘ldi.
18 iyul kuni Myunxenda poyezdda kelib chiqishi afg‘onistonlik bo‘lgan 17 yoshli o‘smir yo‘lovchilarga machete bilan hujum qilib, 3 kishini jarohatladi. Uni politsiya otib tashladi.
22 iyulda Myunxendagi Olympia savdo markazida kelib chiqishi eronlik bo‘lgan 18 yoshli Ali David Sunbuliy 9 kishini otib tashlagandi va keyin o‘z joniga qasd qilgandi.
24 iyul kuni kechqurun Roytlingen shahrida suriyalik qochqin yo‘lovchilarga uzun pichoq bilan tashlanib, bir ayolni o‘ldirgan va 2 kishini yaralagan.
25 iyul kuni Germaniyaning Ansbax shahri markazidagi restoranlardan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Natijada 12 kishi jabrlandi.
Bavariya IIV boshlig‘i Ansbaxdagi portlashni terrorchilik hujumi deb atadi.