Jamiyat | 17:53 / 26.07.2016
4665
1 daqiqa o‘qiladi

Dubaydagi Emirates Road yo‘lida YTH yuz berishi tufayli 7 kishi halok bo‘ldi

BAAning Dubay shahridagi Emirates Road yo‘lida 26 iyul kuni tongida ro‘y bergan yirik yo‘l transport hodisasi tufayli 7 kishi halok bo‘lgan.

Al-Maqtum aeroporti yaqinidagi bu hodisa oqibatida yana 13 kishi jarohatlangan.

Dubay politsiyasi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, trassada 20 kishi mingan miniven shag‘al ortilgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Barcha jarohatlanganlar Rashid Hospital shifoxonasiga yotqizilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish