Xorijliklarning kirishi va chiqishiga oid qonun loyihasi Rossiya Davlat dumasi muhokamasiga kiritildi
Davlat dumasi muhokamasiga xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasiga kirish va chiqish tartibini takomillashtiruvchi qonun loyihasi kiritildi, deb xabar qilmoqda mamlakat hukumati rasmiy sayti. Hujjat loyihasi 1996 yilda qabul qilingan qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni ko‘zda tutib, u Rossiya IIV tomonidan ishlab chiqilgan.
«Qonun loyihasiga ko‘ra, Rossiyaga kirish yoki mamlakatda bo‘lib turish (istiqomat qilish) qoidasini federal ahamiyatga ega shaharlar Moskva va Sankt-Peterburg, Moskva va Leningrad viloyatlarida buzgan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni Rossiyadan chiqarib yuborish kabi qo‘shimcha ma'muriy jazo tayinlashni sud tomonidan rad etilishi imkoniyatini qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan», — deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, ayni ma'muriy qoidabuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan xorijiy mamlakatlar fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan Rossiyadan chiqarib yuborish ma'muriy jazosini majburiy tayinlash to‘g‘risidagi qo‘shimcha ham kiritilishi mumkin.