O‘zbekiston | 23:15 / 26.07.2016
5653
1 daqiqa o‘qiladi

Qutqaruvchilarning respublika ko‘pkurash musobaqasiga start berildi

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha,  joriy yilning 26 iyul kuni soat 08.00 da vazirlik tizimida qutqaruvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan an'anaviy ko‘pkurash musobaqalariga start berildi.

Ayni vaqtda musobaqalar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining “Chimyon” va “Chorvoq” dam olish maskanlari hududida o‘tkazilmoqda.

Mazkur bahslarda vazirlik tizimidagi qutqaruv otryadlari qutqaruvchilari tog‘da qutqaruv, g‘avvoslik, kimyoviy zaharlangan hududlarda qutqaruv, tibbiy tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashmoqdalar.

Ishtirokchilarning bilim-malakasini baholashda hakamlar hay'ati tomonidan amaliy harakatlarning belgilangan muddatlarda aniq va sifatli bajarilishi, shuningdek, jamoa a'zolarining o‘zaro samarali ishlash qobiliyatiga alohida e'tibor qaratilmoqda.