18:18 / 26.07.2016
3685

«MYu» YeChLda ishtirok etmasligi Pogbaning transferi amalga oshmasligiga sabab bo‘lishi mumkin

Sky Sport Italia ma'lumotiga ko‘ra, turinliklar rahbariyati bu futbolchisi boshqa jamoaga o‘tib ketmasligi uchun uni yangi mavsumda «Yuventus» «Napoli»dan kelayotgan Gonsalo Higuain bilan birga YeChLni yutishi mumkinligiga ishontirmoqchi. Ular Pogbani o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgan «Manchester Yunayted»ning YeChLga yo‘llanma olmaganiga urg‘u qaratishmoqda.

Bundan oldinroq, agent Mino Rayola Pogba «Real»da o‘ynashni istayotgani holda uni inglizlar klubiga o‘tishga undayotgani haqida xabar berilgandi.

Kecha «Yuventus» «MYu»ning futbolchi uchun 120 million yevrolik taklifini rad etib, uning uchun 130 million yevro talab qilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top